Кўчадаги хофиз мен ўзимни
Men ozimni sevaman, menga ozim yoqadi. Endi menga baribir, kim qanaqa boqadi. Tonim kalta va lekin yoqdan kora shukr bor, Bu dunyoda hech odam emas mendek baxtiyor. Gap eshitsam jilmayib, kaltak yesam kulaman. Chap yuzimga urishsa, ongin tutib turaman. Yurak degan qabrga armonimni komganman Mast ustida bolamga oyin tushib berganman. Har tong qarab oynaga, deyman mening gamim yoq. Men soglomman, men zorman, tashvishim yoq, kamim yoq Ganimlarim bor, lekin men ulardan qarz emas. Hech qaysisi jonimni tikishimga arzimas. Homush bolar bazilar sochin oqin sanashib, Menga esa turibdi, ajinlar ham yarashib. Tikan tikan, gul terdim, har narsa oz holicha. Azizlarim, dunyoni qabul qiling boricha. Oson yashay desangiz, maslahatim olvoling: Ozingizni ozgina jinnilikka solvoling. Yashashga emas bizni, imtixonga tashlabdur. Pirim osha kovushsiz, devonai Mashrabdur. Koylagimni sorashsa, tonimni ham beraman. Tikanlarning ichidan gullolalar teraman. Gam sozidan ozimga shodlik sozin yasayman Men s
|