Samandar Qoqonov: Prezident Mirziyoyevga gapim bor
19922016 yillar orasida qamoqda o tirgan Samandar Qo qonov Shavkat Mirziyoyev prezidentligini tarixiy o zgarish sifatida ko radi. O zbekistonning bugungi rahbaridan u adolat kutmoqda. Karimov hali ham rahbarlikda o tirganida men hayotda qamoqdan chiqmas edim, deya fikrlaydi Qo qonov. Sobiq siyosiy mahbus bilan Amerika Ovozi uning Toshkentdagi ko rkam hovlisida muloqot qildi. Qo qonov sakkiz farzandning otasi, bir necha nabiralarning bobosi. Kuniga ikki soat yoga bilan shug ullanishini aytar ekan, suhbatdosh menda 30 yoshli yigitning kuchi bor, deya qo shib qo yadi. Haqiqatdan ham Qo qonovga qarab jismonan va ruhan tetik insonni ko rasiz. Yuzidan tabassum arimaydi. 74 yoshida, ayniqsa agar chorak asrni panjara ortida o tkazganini hisobga olsak, bukilib qolgan oqsoqol bo lishi mumkin edi. Lekin qarshingizda bo ydor, tik gavdali, did bilan kiyingan, zamon bilan hamnafas bir insonni ko
|
|