Qorin churralari Anatomik fiziologik ma lumotlar
QORIN CHURRALARI Anatomikfiziologik malumotlar Qorin churrasi (hernia) deb, qorin boshligidan ichki azolarning qorin devoridagi tabiiy yoki suniy teshik orqali uning tashqarisiga, qorin pardasining ularni qoplab turadigan devor oldi varagi bilan birga chiqishiga aytiladi. Qorin pardasi bilan qoplanmagan ichki azolarning tabiiy teshiklar orqali chiqishiga tushish (prolapsus) deyiladi. Qorin churralaridan farqli ravishda eventeratsiyada ichki azolarning parietal qorin pardasisiz shikastlangan qorin devori orqali teri ostiga (teri osti eventeratsiyasi) yoki tashqariga (tashqi eventeratsiya) chiqishi sodir boladi. Qorin churralari tashqi va ichki boladi. Tashqi churralarda ichki azolar qorinning oldingi devoridagi, chanoq, bel yoki dumba sohasidagi teshik orqali tashqariga chiqadi. Qorinning ichki churrasi qorindagi ichki azolarning qorin pardalariga va qorin boshligidagi ichak xaltalariga (bursa omentails, foramen Winslou, recessus subcolecalis ilieocol
|
|