26 Шуаро ( Shuaro surasi)
Ikki yuz yigirma yetti oyatdan iborat Shuaro surasi ham Makka suralaridandir. U Qur onning Alloh tomonidan nozil qilingan (ochiq oyatlardan) iborat eslatma ekanini ta kidlash bilan boshlanib, payg ambar alayhissalomga mushriklarning iymonsizliklaridan qayg urmaslik kerakligini uqtiradi va ular yaqinda Qiyomat kunida Allohning azobiga duchor bo lishlari haqida xabar beradi. Bu surada ham avval o tgan ayrim payg ambarlar haqida hikoya qilinib, ularning barchalari bir narsaga yakkayu yagona Allohga iymon keltirib, U zotning O zigagina itoat etishga da vat qilganlari aytiladi va ularni yolg onchi qilgan kimsalarning topgan oqibathalokatlari tasvirlanadi. Sura nihoyasida so z yana Qur onga qaytib, uning jinlar keltirgan cho pchak yo shoirlar bitgan she r emas, balki Alloh tomonidan Jabroil farishta vositasida ochiq arab tilida nozil qilingan ilohiy Kitob ekanligi ta kidlanadi. Bu suradan Tangri taoloning shoirlar haqidagi oyatlari ham o rin olgani sababli u Shuaro surasi deb atalgandir.
|
|